Harfsoz — Özbekça · Ўзбекча · Oʻzbekcha 的隐私政策
Harfsoz — Özbekça · Ўзбекча · Oʻzbekcha 作者: Zakiy Raqamli Loyihalar
Harfsoz — Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026 yil 29 oktyabr
Harfsoz (brauzer kengaytmasi, WordPress plagini, Google Docs kengaytmasi, Word kengaytmasi va Adobe plaginlari) matnni oʻzbek alifbolari oʻrtasida oʻgiradi. Oʻgirish Harfsoz serverida (harfsoz.uz) bajariladi: siz oʻgirmoqchi boʻlgan matn va sozlamalar (yozuv, apostrof, qoʻshtirnoq va hokazo) faqat siz oʻgirish buyrugʻini berganingizda (yoki oʻzingiz tanlagan saytni avtomatik oʻgirish yoqilganda) serverga yuboriladi; server matnni faqat oʻgirish uchun ishlatadi, saqlamaydi va jurnalga yozmaydi — jurnalda faqat soʻrov hajmi, vaqti va dastur turi qoladi. WordPress saytida matnni saytning oʻzi yuboradi va natijani shu saytda keshlaydi. Harfsoz hech qanday shaxsiy maʼlumotni yigʻmaydi va sotmaydi, reklama yoʻq (qurilmada nima saqlanishi — pastda).
Statistika (nomsiz sonlar): server nechta qurilma, soʻz, belgi va fayl oʻgirilganini, qaysi dastur va qaysi alifboga ekanini kunlar boʻyicha sanaydi. Buning uchun har bir dastur bir marta tasodifiy qurilma raqamini yaratib, oʻzida saqlaydi va soʻrov bilan yuboradi; server undan faqat maxfiy kalit bilan olingan qisqa izni (HMAC) saqlaydi, raqamning oʻzini emas. Fayl oʻgirilganda faqat fayl turi (masalan, docx) yuboriladi, nomi emas. WordPress plagini saytning domen nomini yuboradi (saytlar sonini bilish uchun). Brauzer kengaytmasi oʻgirilgan sahifaning manzilini ham, domenini ham yubormaydi — qaysi saytlarga kirganingiz serverga bormaydi. Matn, IP manzil, ism yoki hisob maʼlumotlari statistikaga kirmaydi.
Sozlamalar (alifbo, apostrof turi, qoʻshtirnoq, avtomatik oʻgirish uchun tanlangan saytlar) faqat qurilmangizda saqlanadi: brauzer kengaytmasi xotirasida, Google hisobingizdagi skript xususiyatlarida (Google Docs), plaginning mahalliy xotirasida (Adobe) yoki WordPress saytining sozlamalarida. WordPress plagini tashrif buyuruvchi tanlagan alifboni (cyr / lat / new) harfsoz nomli bitta cookie faylida bir yil saqlaydi; uni faqat tashrif buyuruvchining brauzeridagi sahifa oʻqiydi.
Texnik jurnal (sinov davri): xatolarni topish uchun har bir dastur oʻz amallarini qurilmaning oʻzida yozib boradi — vaqt, tanlangan alifbo va sozlamalar, dastur va brauzer versiyasi, oʻzgargan soʻzlar soni, xatolar. Oʻgirilgan matndan faqat uzunligi, qisqa xeshi va boshlanishi (birinchi 60 ta belgi, bir qatorda) yoziladi — qaysi matn haqida gap ketayotganini bilish uchun; matnning qolgan qismi va fayl nomlari yozilmaydi. Word kengaytmasi «Bekor qilish» uchun oxirgi oʻgirishda oʻzgargan xatboshilarni shu hujjat uchun 24 soatgacha qurilmaning oʻzida saqlaydi (eng koʻpi 1 MB), keyin oʻchiradi. Jurnal oxirgi 7 kun bilan cheklanadi, hech qayerga yuborilmaydi; uni faqat siz oʻzingiz «Texnik jurnal» boʻlimida yuklab olib, xohlasangiz dasturchiga yuborasiz yoki «Tozalash» bilan oʻchirasiz.
Biz bilan bogʻlaning: harfsoz.uz/yordam · e-pochta — support@harfsoz.uz.
Faqat kanal postlarining dastlabki 60 belgisi texnik jurnalda 14 kun saqlanadi — qaysi post oʻgirilganini topish uchun.